Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Алан-э-Дейл       19.08.2022 г.

«Napoleon» torti: bosqichma-bosqich retsept

Ushbu tortni tayyorlash qiyin emas, lekin sizning yaqinlaringiz qanchalik xursand bo’ladilar! Shunday qilib, sizga quyidagi mahsulotlar kerak bo’ladi:

Xamir uchun:

  • suv — 160 ml;
  • elangan yuqori navli un — 400 g;
  • sariyog’ yoki margarin — 260 g;
  • tuz — ¼ choy qoshiq;
  • sirka — 15 ml.

Krem uchun:

  • shakar — 300 g;
  • sut — 700 ml;
  • sariyog’ — 200 g;
  • tuxum — 2 ta;
  • kraxmal — 20 g;
  • ta’bga ko’ra vanilin.

Tayyorlash usuli:

  1. Tuz, un va sariyog’ni  chuqur idishga solib uvoq holiga keltiring.
  2. Muzli suvni sirka bilan aralashtiring.
  3. Suvli aralashmani sariyog’li uvoqqa to’xtovsiz aralashtirgan holda soling.
  4. Tez xamir qoring.
  5. Xamirni 10 yoki undan ortiq bir xil bo’laklarga bo’ling (bu sizning tortingiz qanchalik katta kichik ekanligiga  bog’liq).
  6. Zuvalachalar yasab, ularni bir soatga muzlatgichga qo’ying.
  7. Stolga pishirish qog’ozi yoki pergament parchasi qo’ying, uni yog’ bilan yog’lang va har bir zuvalani yoying.
  8. Idishning qopqog’i yoki biron bir tarelka yordamida tekis qilib kesib oling. Qolgan xamirni keyingi zuvalachalarga qo’shsangiz bo’ladi.
  9. Korj yuzasini vilka bilan bir nechta joyida teshiklar qiling.
  10. Korjlarni 200 ° C haroratda 7-10 daqiqa davomida pishiring.

Kremini tayyorlash bosqichlari:

  1. Krem uchun kraxmal, vanilin va shakarni chuqur kastryulyaga solib aralashtiring.
  2. Tuxumni ham o’sha kastryulyaga solib yaxshilab ko’pirtiring.
  3. Ushbu aralashmaga sutni soling.
  4. Idishni olovga qo’yib tinimsiz, krem yuzida pufaklar paydo bo’lguncha aralashtiring.
  5. Sovutilgan kremga sariyog’ni qo’shing.
  6. Kremni yaxshilab ko’pirtirib oling.
  7. Tayyor krem bilan har bir korjni surib tort holatiga keltiring va bitta korjni urvoqlab tort ustini bezatish uchun qoldiring.
  8. Tortni 2 soatga krem singishi uchun qoldiring.
  9. Krem yordamida tort yonlarini surib tekislab oling va qolgan bitta korjni urvoqlab tort usti va yonlariga sepib chiqing.
  10. Tayyor Napoleon tortini 10 soat davomida muzlatgichda qoldiring.

Napoleon torti tayyor.

O’xshash mavzular

Taom

Krem tayyorlash usullari — tort uchun qaymoqli, tuxumli, qaynatma va sariyog’li

Kremsiz an’anaviy tortni tasavvur qilish qiyin. Maqolada 5 xil eng mashhur: qaymoqli, smetanali, tux…

Taom

Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Medovik retsepti (medoviy tort, rus. медовый торт — asalli tort) taxminan 200 yil oldin, imperator A…

Taom

Shanti krem tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, bosiqchlari, tavsiyalar

Tort kremi uchun retseptlar orasida qaymoq asosida tayyorlanadigan shanti kremi (chantilly cream) ye…

Taom

Beze tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari

Beze tayyorlash retsepti juda oddiy: tuxum oqlarini shakar upasi bilan urib ko’piritirish kerak. Ba’…

Taom

Shokoladli glazur tayyorlash retsepti — bosqichlari, kerakli masalliqlar, tavsiyalar

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlash…

Taom

Ekler tayyorlash retsepti — pishiriq klassik varianti, uy sharoitida pishirish

Ekler shirinligi retsepti. Xamirini va kremini tayyorlash, nachinka bilan to’ldirish, dasturxonga to…

Medovik torti uchun krem tayyorlash usuli

Asalli tort uchun krem oddiy tayyorlanadi — smetana shakar bilan ko’pirtiriladi, ba’zan esa quyultirilgan sut qo’shiladi. Smetana yangi, sovutilgan va yuqori yog’ foiziga ega bo’lishi kerak, shunda krem ​​yanada havodor va mayin chiqadi. Suyuq smetana asosida tayyorlangan kremlar tort korjlariga mukammal shimiladi, ammo ular orasida krem qavati bo’lmaydi. Agar smetana suyuq bo’lsa, uni bir necha marta taxlangan marlyaga quyib, ortiqcha suyuqligi chiqib ketishi uchun 3 soatga osib qo’ying. Smetana quyuqlashadi va mukammal ravishda ko’piradi.

Agar shakar o’rniga shakar kukuni ishlatilsa, kremning teksturasi yanada yoqimli bo’ladi, shakar donalari esa tishlar orasida g’ichirlamaydi. Kremga kokos bo’lakchalari, yong’oq, murabbo, povidlo, maydalangan mevalar, biroz apelsin yoki limon sedrasi, kakao yoki shokolad qo’shish mumkin. Ushbu tort uchun qaynatma krem ham juda mos keladi.

Aytgancha, medovik yog’li krem bilan ham tayyorlanadi: buning uchun yumshoq sariyog’ (yog’ miqdori kamida 82,2%) qaynatma quyultirilgan sut bilan massa hajmi ko’tarilgunicha 10-15 daqiqa davomida ko’pirtiriladi. Agar korjlar orasiga navbatma-navbat turli xil kremlar surtsangiz, medoviy tort o’ziga xos ta’mga ega bo’ladi, chunki quyultirilgan sut shirini smetananing biroz nordonligi bilan susaytiriladi va asalli tort o’ta shirin bo’lib ketmaydi.

Medovik xamiri uchun oddiy retsept

Har bir uy bekasining uy sharoitida medovik tayyorlash uchun o’z retsepti bor, chunki o’z qo’llari bilan pishirilgan tort, bo’yoqlar, konservantlar va xushbo’ylantirgich moddalar bilan to’la fabrikat pishiriqdan ko’ra ancha yaxshiroqdir. Shundoq ham mazali bo’lgan asalli tortning ta’mini sun’iy ravishda yana kuchaytirishning nima keragi bor?

Xamirni tayyorlash uchun sizga ozgina suyuq asal (gul yoki jo’kaning), tuxum, shakar, sariyog’ (u margarin bilan almashtirilmasligi kerak), un va qabartma (разрыхлитель) kerak.

Dastavval, suv hammomida asal, shakar va sariyog’ eritiladi, keyin urib ko’pirtirilgan tuxum, qabartma va ozgina un qo’shilib, barcahsi mikser yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Xamirni suv hammomida aralashtirish, korjlarni ayniqsa yumshoq va mayin qiladi. Aralashmani olovdan olgandan so’ng, xamir uni yoyish mumkin bo’lgan holatgacha olib kelinadi va keyin 40 daqiqaga sovutgichga qo’yiladi.

Uy sharoitida Napoleon tayyorlash

Klassik «Napoleon» ning asosiy xususiyati korjlarning shakarsiz pishirilishida, lekin ular juda yengil, havodor va juda mazali chiqadi. «Napoleon» pirogi qanday xamirdan pishirilishini hamma ham bilmaydi, chunki  kesilganda juda ko’p qatlam bo’ladi. Ko’pincha, boshqa variantlar mavjud bo’lsa-da, qavatli xamirdan foydalaniladi. Odatda korjlar muzday suv yoki sut, sariyog’ yoki yuqori sifatli margarin, tuz, korjlarni qavatli chiqarish uchun sirka va elab olingan yuqori navli undan tayyorlanadi. Ba’zan xamirga smetana, sut, tuxum, aroq, pivo va pishloq qo’shiladi. Tayyor xamirdan 1-2 mm qalinlikda yoyilgan korjlar kesib olinadi va 200° C haroratda qizdirilgan gaz pechida 8-15 daqiqa davomida pishiriladi. Eng muhimi — korjlar sinmasligi uchun, ularni pishgandan so’ng kesa ko’rmang.  Tayyor va krem ​​bilan qoplangan tortni ehtiyotkotlik bilan chiroyli tekislang.

«Napoleon» uchun kerakli kremi tayyorlash haqida gapiraylik. Tort uchun ko’pincha qaynatma, smetanali, qaymoqli va sariyog’li krem tayyorlanadi, xoxishga ko’ra ba’zan shokolad ham qo’shiladi. Krem surilganidan so’ng, singishi uchun tayyor tortni 10 va undan ko’proq soatga tindirishga qo’yiladi. Tayyor bo’lgan shirinlikni xoxishga ko’ra istalgan yong’oq turi bilan bezatish mumkin-bunda Napoleon yana ham mazaliroq bo’ladi.

Biskvit tayyorlash sirlari

Har bir pishiriqda bo’lgani kabi, biskvit pishirishning ham sirlari mavjud, ularga amal qilsa, ushbu pishiriq yanada havodor va mazali chiqadi, demak:

  1. Xamirni duxovkaning o’rtacha polkasiga qo’ying — aks holda yuqori qo’yilgan biskvit yorilishi, past qo’yilganda esa pishib ulgurmasdan osti kuyib ketishi xavfi mavjud.
  2. Tuxumni chaqishdan oldin sovutib oling — shunda ular tezroq ko’piradi.
  3. Suyuq xamir ichidagi havo pufakchalari chiqib ketmasligi uchun uni keragidan ortiq aralashtirmaslik kerak.
  4. Masalliqlarning barchasi bir xil haroratda bo’lishi lozim — qanchalik sovuqroq bo’lsa, shunchalik yaxshi. Ushbu maqsadda xamir tayyorlanadigan idishni ham bir muddat muzlatgichga qo’yib olish mumkin.
  5. Yuqorida keltirilgan ko’rsatmalarning barchasiga amal qiling: unni elash, duxovka eshigini ochmaslik, qolipni yog’lash va hokazolar. Bularning barchasi biskvit tayyorlashda juda muhim sanaladi.

O’xshash mavzular

Taom

Biskvitli rulet tayyorlash — usullari, retsepti, kerakli masalliqlar

Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar uni pishirishdan cho’chishadi. Ushbu maqolada u…

Taom

Balish tayyorlash retsepti — bosqichlari + batafsil FOTO, tavsiyalar

Balish — tatar oshxonasining eng muhim xamirli ovqatlaridan biri desak xato bo’lmaydi. Shirinmi yoki…

Taom

Shanti krem tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, bosiqchlari, tavsiyalar

Tort kremi uchun retseptlar orasida qaymoq asosida tayyorlanadigan shanti kremi (chantilly cream) ye…

Taom

Beze tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari

Beze tayyorlash retsepti juda oddiy: tuxum oqlarini shakar upasi bilan urib ko’piritirish kerak. Ba’…

Taom

Ekler tayyorlash retsepti — pishiriq klassik varianti, uy sharoitida pishirish

Ekler shirinligi retsepti. Xamirini va kremini tayyorlash, nachinka bilan to’ldirish, dasturxonga to…

Taom

Vafli tayyorlash retsepti — bosqichlari, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu retsept bo’yicha mazali vafli tayyorlash mumkin, ularni konus yoki trubochka qilib o’rab, ichi…

Qandolatlardan bir nechta sirlar

Xamir uchun grechka va akatsiyadan olingan asaldan foydalanmang: bunday asalning noyob ta’mi va hidiga qaramasdan, korjlar biroz achchiq chiqadi. Xamir quyuqligi bir xil chiqishi uchun asal suyuq bo’lishi kerak, shuning uchun shakarlanib qolgan asalni suvli hammomda eritib olish tavsiya etiladi.

Xamirni tayyorlashdan oldin, tuxumlar sovutgichdan chiqarib qo’yilishi kerak — ular xona haroratida bo’lishi zarur, un ham yengil va havodor bo’lishi uchun elangan bo’lishi talab etiladi. Xamir suv hammomida aralashtirilganda, idishdagi suv kuchli qaynamasligi kerak, balki ozgina biqirlab turishi kerak, ya’ni olov past bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Agar iste’mol sodasi o’rniga qabartmadan foydalansangiz, uni aralashtirishni oxirida qo’shing. Ba’zi uy bekalari sodani xamirni tayyorlash vaqtida emas, balki ko’pirtirish vaqtida tuxumlarga qo’shishni maslahat berishadi, shunda ular hajmi nisbatan tezroq ko’tariladi.

Yana bir qimmatli maslahat: medovik korjlarini terishni boshlaganingizda, oldin idishga biroz krem surting va undan keyin ustidan birinchi korjni qo’ying, shunda tort yanada yumshoqroq chiqadi.

Panirovka bilan

Ushbu retseptda panirovka uchun suxari va sarimsoq ishlatiladi, bu go’shtga xushbo’y aromat va tillarang qobiq bag’ishlaydi. Bu retseptda tovuqni oldindan kichik bo’laklarga (oyoqlari, qanoti, file go’sht) bo’lib olish kerak.

Kerak bo’ladi:

  • tovuq — 1 dona;
  • panirovka uchun suxari — bir stakan;
  • sarimsoq — 1 choy qoshiq (quritilgan yoki yangisi);
  • tuxum — 2 dona;
  • qalampir va tuz;
  • sariyog’ — 200 gramm.

Pishirish

  1. Maydalangan sarimsoq va suxarini aralashtiring.
  2. Kattaroq idishda ikkita tuxumni sanchqi yordamida urib oling.
  3. Bo’laklangan tovuqqa qalampir va tuz surtib, avval tuxumga, so’ng panirovkaga botirib oling.
  4. Baland olovda o’simlik yog’ida tillarang tusga kirguncha qovuring.
  5. So’ng go’sht bo’laklarini pishirish uchun idishga joylang, ustidan bir bo’lak sariyog’ qo’ying.
  6. 200 °C haroratda 40 daqiqa pishiring.

Endi siz tovuq pishirish usullari haqida batafsil bilib oldingiz. Uni yangi yoki pishirilgan sabzavotlar, bargli ko’kat yoki tuzlamalar bilan dasturxonga tortish mumkin.

O’xshash mavzular

Taom

KFC tayyorlash retsepti — qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar

KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Ko’pchilik masalliqlar KFC…

Taom

Manti tayyorlash retsepti — go’shtli, qovoqli va jag’-jag’li turlari, tavsiy

Manti — o’zbek oshxonasining tansiq taomlaridan biri. Uni tayyorlash uchun juda ko’p usullar mavjud….

Taom

Balish tayyorlash retsepti — bosqichlari + batafsil FOTO, tavsiyalar

Balish — tatar oshxonasining eng muhim xamirli ovqatlaridan biri desak xato bo’lmaydi. Shirinmi yoki…

Taom

Lavash xamiri tayyorlash — klassik retsept, bosqichlari + tavsiyalar

Lavash — mazali yassi non bo’lib, dastlab maxsus tandirlarda pishirilgan. Albatta har bir xonadonda …

Taom

Shanti krem tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, bosiqchlari, tavsiyalar

Tort kremi uchun retseptlar orasida qaymoq asosida tayyorlanadigan shanti kremi (chantilly cream) ye…

Taom

Chuchvara tayyorlash retsepti — bosqichlari, tavsiyalar, + FOTO / VIDEO

Qo’lda bukilgan va uyda tayyorlangan, xamirga mazali qiyma solingan chuchvaralar. Bu taomni buvilari…

Biskvit uchun xamir tayyorlash

Ko’p narsa xamirga bog’liq. Klassik (oddiy) biskvit xamiri uchun 6 ta o’rtacha kattalikdagi tuxum, 130 gramm un, 210 gramm shakar va vanillin (yoki 10 gramm vanilli shakar) kerak. Dastavval oltita tuxumning oqi sarig’idan ajratib olinadi. Pishiriq xamiriga hech qanday iste’mol sodasi yoki qabartma (разрыхлитель) qo’shilmaydi. Lekin, agar o’zingizga ishonmasangiz, ozgina qabartma qo’shish mumkin — hech bo’lmaganda uning tayyor bo’lgan biskvitda ta’mi sezilmaydi.

Tuxum sariqlariga vanilin yoki vanilli shakar, 105 gramm shakar qo’shing va hosil bo’lgan massani sanchqi bilan aralashtiring. Sanchqi o’rniga venchikdan foydalanish ham mumkin. Bunda aralashma oq rangga kirshi va hajmi bir necha marta oshishi kerak. Shu sababli uni yetalchida intensiv aralashtirish kerak.

Biskvit uchun un kislorod bilan boyitilgan bo’lishi darkor. Buni amalga oshirish uchun unni bir necha marta elab olish kifoya. Agar shokoladli biskvit tayyolashni istasangiz, xamir massasiga 3-4 choy qoshiq kakao kukunidan qo’shing.

Sarig’idan ajratib olingan tuxum oqlari boshqa, mutlaq quruq va toza idishda ko’pirtiriladi. Bu vazifa uchun mikser olgan yaxshi, dastavval tuxumni mikserning eng past tezligida ko’prtira boshlang. Massa ko’pirganidan keyin eng yuqori tezlikka qo’ying. Biroz vaqt o’tgach, tuxum oqlari quyuqlasha boshlaydi. Shunda, ko’pirtirishni to’xtatmasdan, tuxum oqlariga shakarning qolgan qismini qo’shib, mustahkam ko’pik hosil bo’lgunicha ko’pirtirishda davom eting. Ko’pirtirilgan tuxum oqlarining uchdan bir qismini tuxum sarig’i aralashmasiga qo’shib, ehtiyotkorlik bilan bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiring.

Hosil bo’lgan aralashmaning yuzasiga unni elab solib, barchasini yana aralashtiring. So’ng, mazkur bosqichdagi aralashmani qolgan tuxum oqi saqlanayotgan idishga solib, yana ehtiyotkolik bilan aralashtiring. Hosil bo’lgan suyuq xamirni qolipga soling.

Uy sharoitida «Napoleon» torti: bir necha sirlar

Xamirga juda ko’p un qo’shmang — u faqatgina yaxshi yoyilsa bo’lgani. Juda qattiq xamir korjlarni quruq va sinuvchan qiladi- tort esa yumshoq bo’lib singimaydi. Korjlar qancha yupqa yoyilsa shuncha yaxshi. Krem esa qancha ko’p bo’lsa tort yanada mazali bo’ladi.

Yog’li sariyog’ yoki margarin olib, xamir qorishdan avval uni albatta yaxshilab sovuting. Lekin sariyog’ muzlab qolmasligi lozim, aks holda korjlarni yoyib bo’lmaydi, ular yirtilib ketadi.

«Napoleon» korjlari ancha shishadi, shuning uchun ularni vilka bilan pishirishdan oldin teshib chiqamiz, shunda ular mukammal tarzda tekis chiqadi. Agar tortingiz yumshoq va suvli chiqishini xohlasangiz kremni korjlar tayyor bo’lgan zahotiyoq suring, agarda qisirloq (хрустящий) tortni ma’qul ko’rsangiz kremni korjlar sovugandan so’ng suring.

Bisvkit pishirish jarayoni

Duxovkani tuxum oqini ko’pirtirishni boshlashdan oldin yoqish kerak. Biskvit yaxshi pishishi uchun 180 °C yetarli bo’ladi. Duxovka xamir tayyor bo’lishigacha yaxshi qizigan bo’lishi darkor, chunki bu bu achitiladigan xamir turi emas, uni saqlab turish pishiriqning ko’tarilmay qolishiga sabab bo’ladi. Biskvit taxminan 30 daqiqa pishiriladi. Pishirish jarayonida unga qanchalik qaragingiz kelmasin, duxovka eshigini ochib ko’rish qat’iyan taqiqlanadi. Aks holda, sovuq havo oqimi tufayli u shunchaki cho’kib qoladi va siz biskvit emas, ingichka shirin quymoq olasiz. Ko’rishni istasangiz, duxovkaning oynasi orqali qarang. Tayyor bo’lgan biskvit sekin bosib ko’rilganda joyiga qayta ko’tariladi, unga gugurt cho’pi yoki tish kavlagich sanchib ko’rilsa, pishmay qolgan xamir ilashib chiqmaydi.

Biskvitni qalinroq mustahkam ip bilan kesish juda oson. Uni shimdirishni esa biskvit sovigach va biroz turgach amalga oshirish kerak, ya’ni pishganidan 5 soatdan keyin.

Uy sharoitida klassik medovik pishirish: bosqichma-bosqich retsept

Medovik retseptini bosqichma-bosqich tayyorlanishini ko’rib chiqamiz. Bizning ko’rsatmalarimiz bilan bu qandolatchilik san’atini tezda o’rganib olasiz.

Masalliqlar: tuxum — 3 dona, sariyog’ — 50 g, shakar — 600 g (xamir va krem ​​uchun 300 g dan), suyuq asal — 150 ml, soda — 1 choy qoshiq, un — 500 g, smetana — 500 g.

Tayyorlash usuli:

1. Kattaroq idishni suv bilan to’ldiring va olovga qo’ying (suv hammomi uchun).

2. Kichikroq idishda tuxum bilan shakarni birlashtirib, ko’pirguniga qadar yaxshilab uring.

3. Ko’pirtirilgan tuxumga sariyog’, asal va soda qo’shing.

4. Idishni suv hammomiga qo’ying va aralashmaning hajmi ikki marta oshgunicha 15 daqiqa davomida aralashtirib turing. Massa yengil va havodor bo’lishi kerak.

5. 1 osh qoshiq un soling va un yaxshilab aralashib ketguniga qadar yana 3 daqiqa ezib aralashtiring.

6. Idishni olovdan oling va qolgan un bilan yumshoq va plastik xamir hosil bo’lguncha yana aralashtiring.

7. Xamirni 8 ta bo’lakka bo’lib, oziq-ovqat plyonkasiga o’rang va muzlatgichda yarim soatcha qoldiring.

8. Har bir bo’lakni yupqa aylana bo’lgunicha yoying.

9. Korjni pishirish qog’ozi bilan yopilgan va moylangan tovaga qo’ying. 180 °C da 3-5 daqiqada pishirib oling.

10. Korjlar chetini kesib tashlang va ularni sovuting, chiqqan qoldiqlarini ushating.

11. Smetana va shakarni mikser bilan aralashtirib, krem hosil qiling.

12. Korjlar orasiga krem surtib, tortni tera boshlang.

13. Medovik ustidan korj qoldiqlari maydalanganlarini sepib chiqing.

14. Tortni xona haroratida 1,5-2 soat ushlab turing, shunda u kremni shimib oladi, so’ng uni muzlatgichda kamida 8 soat davomida saqlang.

Klassik medovikni shokolad yoki yong’oq bo’laklari bilan bezatish va kremga ozgina maydalangan meva qo’shish mumkin. Tortni ko’proq qiling, chunki juda tez yeb qo’yiladi. Yoqimli ishtaha!

«Napoleon» torti paydo bo’lishi tarixi

1912 yilda Rossiyada Napoleon ustidan qozonilgan g’alabaning yuz yilligini nishonlash taraddudi bo’layotgandi va shu munosabat bilan qandolatchilar uchburchak shaklga ega bo’lgan qavatli xamir (слоеное тесто) va sut va sariyog’dan tashkil topgan qaynatma kremdan iborat shirinlikni yaratadilar.  Frantsuzlar esa bir asosiy versiyaga asoslanib bu nozik ta’mga ega tortni yaratish huquqi ularga tegishli deya hisoblashadi.

Bu versiyaga ko’ra, ayyor qasr oshpazi Bonapartni mamnun qilish maqsadida oddiy keksni bir nechta korjlarga bo’lgan va ular orasiga ko’pirtirilgan qaymoq va qulupnay surgan. Shunday qilib yangi tort paydo bo’lgan  va ushbu shirinlik ‘»Napoleon» deya atala boshlagan.

Pishirish uchun idish tanlash

Biskvitni har qanday shakldagi qolipda pishirish mumkin. Agar tort uchun biskvit kerak bo’lsa, taxminan 23-24 sm diametrli bo’lgan, ajraladigan aylana qolip olgan yaxshi. Qolipning pastki qismi yog’lanadi va ustidan biroz un sepiladi. Qolipning ostiga pishiriq pergament qog’ozi yoyish mumkin.Bu amallar biskvit qolip ostiga yopishib qolmasligi uchun kerak.

Biroq, qolipning yon devorlarini yog’lamaslik lozim. Axir biskvit ko’tarilishi kerak. Yog’langan, demakki silliq devorlar xamirning ko’tarilishiga yo’l qo’ymaydi — xamir shunchaki pastga siljib ketaveradi. U pishib bo’lganidan so’ng, qolipning perimetrli bo’ylab pichoq bilan uni sekin kesib chiqing va ajratib oling. Agar biskvit qolip devorlariga yopishib qolishidan qo’rqsangiz, uni ham pergament qog’oz bilan o’rash mumkin.

Nordon olma bilan turkcha retsept

Bu retseptning afzalligi, taomning garni tovuq bilan bir vaqtning o’zida pishiriladi. U, albatta, sabzavotlardan iborat, shuning uchun taom mazali, to’yimli va foydali bo’lib chiqadi.

Kerak bo’ladi:

  • tovuq — 1 dona;
  • piyoz — 5 bosh;
  • kartoshka — 5 dona;
  • sabzi — 3 dona;
  • olma — 1 dona;
  • xantal — 2 osh qoshiq;
  • limon sharbati — 2 osh qoshiq;
  • petrushka va tog’jambil — 20 grammdan;
  • sarimsoq — 2 boshcha;
  • shakar — 1 choy qoshiq.

Pishirish

  1. Tovuq go’shtini yuving va quritib oling, ichki va tashqi tomonidan qalampir va tuz surting.
  2. Ichiga butun olma joylashtiring.
  3. Limon sharbati va xantalni aralashtiring, so’ng maydalangan sarimsoq va shakar qo’shing. Tovuqqa ushbu sousdan surtib, pishirish uchun shaklga qo’ying.
  4. Sabzavotlarni o’rtacha kattalikdagi bo’laklarga bo’ling, ko’katlarni maydalab, barchasini aralashtiring.
  5. Go’shtning atrofiga sabzavotlarni terib chiqing, barchasini ustini qopqoq yoki folga bilan yoping.
  6. Qopqoq ostida 200 °C haroratda 30 daqiqa pishiring, so’ng uni ochib, yakuniy tayyor bo’lgunicha pishirishda davom eting.

Agar tovuq ichiga qiyma qo’shmoqchi bo’lsangiz, unda faqat tayyor bo’lgan nachinka soling, aks holda u pishmay qoladi. Bu holda pishirish vaqti o’zgarmaydi.

Yarim soat ichida tezda medovik torti tayyorlash

Agar vaqt tanqis bo’lsa, klassik medoviy tort tayyorlash usulidan farqli bo’lgan ushbu retseptdan foydalanishingiz mumkin. Siz 7-10 ta korj emas, balki bitta biskvit pishirasiz, u esa keyinchalik bir nechta korjlarga kesiladi.

Bir stakan shakar bilan 4 ta tuxum oqini urib ko’pirtirib, keyin navbatma-navbat 4 ta sarig’ini, 3 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq sirka bilan so’ndirilgan soda va 1,5 stakan un qo’shing. Xamir quyuq qaymoqdek bo’lishi kerak. Uni yog’langan tovaga soling va 170-180 °C haroratda yarim soat davomida pishiring.

Tayyor biskvit baland (taxminan 10 sm), yengil va havodor bo’ladi. Uni 5 ta korjga kesing va 400 ml quyuq smetana va 0.5 stakan kukun shakaridan tayyorlangan krem ​​surtib, tera boshlang. Kremga biroz mayiz va yong’oq qo’shing, ular bilan tortni o’zini ham bezating, korjlar kremni shimib olishiga vaqt bering va dasturxonga torting.

O’xshash mavzular

Taom

Krem tayyorlash usullari — tort uchun qaymoqli, tuxumli, qaynatma va sariyog’li

Kremsiz an’anaviy tortni tasavvur qilish qiyin. Maqolada 5 xil eng mashhur: qaymoqli, smetanali, tux…

Taom

Napoleon tort tayyorlash: uy sharoitida, retsepti, bosqichlari, sirlari, xamiri va kremi

«Napoleon» torti — butun dunyo sevib iste’mol qiladigan eng mazali shirinliklardan biri. Italiya va …

Taom

Shanti krem tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, bosiqchlari, tavsiyalar

Tort kremi uchun retseptlar orasida qaymoq asosida tayyorlanadigan shanti kremi (chantilly cream) ye…

Taom

Beze tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari

Beze tayyorlash retsepti juda oddiy: tuxum oqlarini shakar upasi bilan urib ko’piritirish kerak. Ba’…

Taom

Shokoladli glazur tayyorlash retsepti — bosqichlari, kerakli masalliqlar, tavsiyalar

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlash…

Taom

Ekler tayyorlash retsepti — pishiriq klassik varianti, uy sharoitida pishirish

Ekler shirinligi retsepti. Xamirini va kremini tayyorlash, nachinka bilan to’ldirish, dasturxonga to…

Mazali tovuq pishirishning 5 ta sirlari

Tovuq go’shtini tanlashda diqqat qilsangiz, taomning ajoyib ta’mi kafolatlanadi. Faqatgina barra go’sht yumshoq, suvli va ajoyib aromatli bo’ladi. Sotib olayotganda o’rtacha og’irligi 1,5 kg gacha bo’lgan tovuqlarga e’tibor bering. Ularda qalin yog’ qatlami bo’lmaydi, go’shtning ozuqaviy qiymati esa yuqoriroq bo’ladi. Bu holda, pechda pishirilgan tovuq kaloriya qiymati minimal bo’ladi (100 gramm boshiga taxminan 190 Kkal), foydasi va mazasi esa juda yuqori.

Quyidagi tavsiyalarga muvofiq tayyorlangan tovuqning ta’mi ajoyib chiqadi:

  1. Tovuqning terisi rangi bir xil bo’lganini tanlash kerak. U och-sariq yoki biroz pushti rang bo’lishi lozim. Chiqib turadigan yog’i oq bo’lishi, to’qimalari tarang bo’lishiga e’tibor qarating (bosib ko’rilganda tezda boshlang’ich shakliga qaytadi). Hidi — biroz shirin, badbo’y bo’lmasligi kerak.
  2. Tovuqni duxovkada maxsus idishda pishirish kerak. Idish qalin cho’yandan yoki chinnidan bo’lishi kerak, ingichka metal va shishadan bo’lgan idishlar to’g’ri kelmaydi. Chunki bunday turdagi idishlarda go’sht tagiga olib, kuyib ketishi mumkin.
  3. Tovuqni pishirish uchun qancha vaqt ketishi uning vazniga bog’liq. O’rtacha, har bir kilogrammi uchun 40 daqiqa yetarli bo’ladi. Pechda tovuqni pishirish harorati 180-200 °C bo’lishi kerak. Ya’ni 1,5 kg og’irlikdagi tovuq 1 soat pishiriladi. Tovuqning yarimini 30-35 daqiqa mobaynida pishirsa ham bo’ladi.
  4. Tovuqning po’sti mazali va qarsildoq bo’lib chiqishi uchun, pishirish vaqtida pechning haroratini o’zgartirish kerak. Avval 30 daqiqa maksimal darajada pishirish darkor, shunda qobiq «qurib oladi». Shundan so’ng harorat 200 °C gacha tushiriladi va pishirish yakunigacha shu darajada qoldiriladi.
  5. Tovuq to’shi terisi ostiga bir bo’lak sariyog’ qo’ysa, u yanada mazali chiqadi. Go’shtning bu qismida yog’ qatlami bo’lmaydi, shuning uchun u ko’pincha quruq bo’lib pishadi.
Гость форума
От: admin

Эта тема закрыта для публикации ответов.